“Mening birinchi uyim” dasturi bo‘yicha prezident qarori loyihasi e’lon qilindi. Imtiyozli uylar so‘nggi 5 yilda uy-joyga egalik qilmagan oilalarga 20 yil muddatga bo‘lib to‘lash shartida sotilishi, oylik to‘lovning bir qismini qoplash uchun 5 yil davomida har oy 1 mln so‘m subsidiya ajratilishi kutilmoqda.
Mahalliy kengash deputatlarining vakolat va imkoniyatlarini kengaytirish taklif etilyapti. Xususan, ular hokim lavozimiga nomzodlarni ilgari surishlari, unga ishonchsizlik bildirishlari, noqonuniy qarorlar va saylovchilar tashabbuslari bilan deputat mandatini bekor qilishlari mumkin bo‘ladi.
Turizm vazirligi O‘zbekistonda to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirishni taklif qildi. Sayohatni nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulaylashtirish, pandus, lift va ovozli ma’lumotnomalarni o‘rnatish, imtiyoz va chegirmalar berish — 5 yilga mo‘ljallangan dastur haqida batafsil «Gazeta.uz» materialida.
Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, vazirlik, idora va barcha budjet tashkilotlari xizmat mashinalarining 2025-yilgacha kamida 10 foizi, 2030-yilgacha 100 foizi elektromobillarga almashtiriladi. Qolaversa, “tez yordam” mashinalari ham 2023−2026-yillarda elektrda harakatlanuvchi transportga o‘zgartiriladi.
Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, dual ta’lim shakliga o‘tgan kollej va texnikumlar o‘quvchilariga ham stipendiya to‘lanishi mumkin. Qolaversa, dual ta’lim shaklini joriy qilgan eng yaxshi 100 ta professional ta’lim muassasasiga har yili 50 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting